18 Iyun 2025 yil
367
Shubhali shaxsning yonidan giyohvand modda aniqlandi
Joriy yilning 17-may kuni Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan, Yangi Namangan tumani, “Guliston” mahallasi hududida hududida harakatlanib ketayotgan ketayotgan, Namangan shahar, “Zarkent” mahallasida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan, fuqaro L.Aninig yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yonidan sof og‘irligi 1.47 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati