Tungi o‘rganishlar davomida Namangan shahridagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati tekshirildi
Boshqarma rahbariyati tomonidan hududlarda xodimlarning jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishdagi faoliyati bilan bir qatorda, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham muntazam ravishda o‘rganib borilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish ishlari jarayonida bir qator ijtimoiy soha obyektlarining faoliyati atroflicha tekshirildi.
Jumladan, Namangan shahar elektr tarmoqlari korxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyat filiali hamda IIV Namangan akademik litseyining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining texnik holati, ehtiyot qismlar zaxirasi va transport vositalarining sozligi ko‘zdan kechirilib, masʼul rahbar va xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tibbiyot markazida bemorlar, IIV akademik litseyida esa o‘quvchilar uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, xavfsizlik talablarini mustahkamlash hamda mavsumiy ehtiyojlarni o‘z vaqtida taʼminlash bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilab berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati