Tunda sang‘igan ot o‘g‘risi.
Joriy yilning 26 iyun' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 21 iyun' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Kosonsoy tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonida qarovsiz qoldirilgan narxi 20.000.000 so‘mlik bir bosh otini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Kosonsoy tuman IIB JQB boshlig‘i va HPB XTM katta profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 26 iyun' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati