Toʻraqoʻrgʻon tumani IIB boshligʻining tuman aholisiga murojaati
Assalomu alaykum hurmatli tumanimiz fuqarolari, aziz yurtdoshlar!
Prezidentimizning joriy yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika
mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini
olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida” PQ–1-son qarori mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha
mutlaqo yangicha ishlash tizimi boʻldi.
Barcha darajadagi rahbarlarga “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilandi.
Mahalla – tuman darajasida “yoʻl xarita”lar ishlab chiqilib, ijroga
qaratildi.
Qaror talablaridan kelib chiqib, 2024-yilda kriminogen vaziyati ogʻir deb
topilgan va qizil hudud boʻlgan 8 ta mahallalarga manzilli chora-tadbirlarini
belgilagan holda mahalla–tuman–tuman darajasidagi hokim, prokuror, soliq,
Milliy gvardiya, Ichki ishlar (8-nafar)
masʼul rahbarlar biriktirilib, sohaviy javobgarligi yuklatildi.
Ijtimoiy profilaktika yoʻnalishi boʻyicha:
Taʼkidlash joizki soʻngi yillarda mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt
oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish masalasiga alohida etibor
qaratilmoqda.
Mahallalarda mavjud muammolarning joyida manzilli hal etilishi uchun
ijtimoiy profilaktika tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Xususan, Toʻraqoʻrgʻon tumanida profilaktika inspektorlari tomonidan
huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan 1 278
nafar shaxslarga xulosalar berilib, mavjud muammolarini mahalla yettiligi
tomonidan hal etilishi taʼminlanmoqda.
Bugungi kunda ijtimoiy profilaktik tadbirlari amalga oshirilishi oʻzining
ijobiy natijasini berib, jinoyat sodir etilishini oldini olishga samarali
xizmat qilmoqda.
Tumanimizdagi 67 ta
mahallalardan 47 tasida jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi,
17 ta mahallalar sariq, 3 ta mahallalar qizil toifaga kiritildi.
Hurmatli yurtdoshlar,
Jinoyatlarning eng koʻp sodir etilayotgan turlari, uning kelib chiqish
sabab va omillariga toʻhtalib oʻtsam.
Oʻgʻirlik jinoyati boʻyicha:
Joriy yilda tuman hududida 19 ta oʻgʻirlik jinoyatlari qayd etildi.
Mazkur jinoyatlar,
-6 tasi xonadonlarda,
-4 tasi savdo yoki hizmat koʻrsatish obyektlarida,
-1 tasi hayvon oʻgʻirligi,
-1 tasi kissavurlik,
-3 tasi avtomashinalarda,
-1 tasi telefon oʻgʻirliklari,
-3 tasi boshqa turdagi oʻgʻirliklarni tashkil qilgan.
Bundan koʻrinmoqdaki, oʻgʻirlik jinoyatini kelib chiqishiga oʻzimiz ham
befarq ekanligimiz, shaxsiy mulklarimizga ehtiyot boʻlmasligimiz oqibatida
jinoyatchilarga sharoit yaratib berilayotganligi yaыыol nomoyon boʻlmoqda.
Endi, oʻzimizga bir savol beraylik, jinoyatga oʻzimiz ham sharoit yaratib
bermayapmizmi muloxazalarimizga yana bir misol?
Transport vositasini olib qochish boʻyicha:
Joriy yilda tumanda 1 ta transport vositasini olib qochish jinoyatlari
sodir etilgan.
Jinoyatlarning 1 tasi avtomashinalarni ochiq holatda va kaliti oʻzida
qoldirganligi oqibatida yuzaga kelgan.
Firibgarlik jinoyati boʻyicha:
Joriy yilda tuman hududida 5 ta firibgarlik jinoyatlari qayd etildi.
Ushbu jinoyatlar fuqarolar oson va tez daromad topishga intilishlari, uy -
joy, avtomashina va boshqa mulklarini oldi-sotdisida xuquqiy hujjatlarsiz
munosabatlarga kirishishlari oqibatida sodir etilmoqda.
Yuqoridagi holatlardan koʻrinmoqdagi, fuqarola-rimizning oʻzlari bila
turib firibgarlik qurboniga aylanmoqdalar.
Oʻtkazilgan “Tigʻ” tadbirlar jarayonida 37 ta holatlarda fuqarolar tigʻli
jismlarni yonlarida olib yurganliklari aniqlanib, tegishli tartibda choralar
koʻrilgan.
Shu oʻrinda, sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin boʻlgan ashyolarni
jamoat joylarida ochiq holda olib yurish, Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy
javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (1852) moddalarida taqiqlangan.
Giyohvandlik boʻyicha
Muhim yoʻnalishlardan biri giyohvandlik va psixotrop moddalarning
noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishdir.
Tumanda hamkor tashkilotlari bilan birgalikda giyohvandlik illatiga qarshi
kurashish va uni yoshlar orasida keng tarqalishini oldini olish boʻyicha bir
qator tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz.
Olib borilgan tadbirlar natijasida 11 ta jinoiy holatlar aniqlanib, 430
gram.dan ortiq giyohvandlik moddalarning noqonuniy muomilasiga chek qoʻyildi.
Mazkur holatlar boʻyicha 11 nafar shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi
taʼminlandi.
Aniqlangan giyohvandlik moddalar muomilaga chiqqanida 2.700 nafardan ortiq
fuqarolar zaharlanishi mumkin edi.
Albatta bir narsani unutmasligimiz kerak, talab boʻlmasa taklif ham
boʻlmaydi.
Barchamiz bunga masʼul boʻlib, jamiyatimizda giyohvandlik vabosini oldini
olish bilan shugʻullanmasak, kelajak avlod taqdiriga befarq boʻlgan boʻlamiz.
Bu illatga qarshi barchamiz birgalikda kurashimiz shart va lozim deb
hisoblayman.
Kiber jinoyati boʻyicha:
Bugungi rivojlangan davrda Axborot texnologiyalari yordamida sodir
etiladigan jinoyatlar (yaʼni kiberjinoyatlar) keskin ortib bormoqda.
Bu turdagi jinoyatlarning oʻziga xos tomoni shundaki, jinoyatni sodir
etayotgan shaxs uchun chegara va masofa toʻsqinlik qilmaydi, jinoyatchi qisqa
fursatda oʻnlab, hatto yuzlab fuqarolarni jabrlanuvchiga aylantiradi.
Joriy yilda bu yoʻnalishdagi jinoyatlar umumiy sodir etilgan
jinoyatlarning 29,2 foizini (28 ta) tashkil etmoqda.
Mazkur jinoyatlarning 86 foizi (24 tasi) plastik kartalardan mablagʻlarini
oʻgʻirlik holatda va 10.6 foizi (3 tasi) firibgarlik yoʻli bilan talon- toroj
qilgan.
3.6 foizi (1 tasi) Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan
materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish orqali sodir
etilgan.
Achinarlisi, aksariyat holatlarda fuqarolarning oʻzlari jinoyatchilarga
osongina aldanib qolib, plastik karta kodini oddiy holda aytib qoʻyish orqali
mablagʻlarni topshirishmoqda.
Shu oʻrinda, ayrim fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoqlar orqali tez va qisqa
fursatda boyish ilinjida boʻlayotganliklari ham tashvishli holdir.
Buning oqibatida oʻzlari jinoyat qurboniga aylanmoqdalar.
Hurmatli fuqarolar, plastik karta raqamini jinoyatchining aldoviga kirib
oshkor qilishingiz, ishonuvchanligingiz, tezroq boylik orttirishga boʻlgan
qiziqishingiz bu turdagi jinoyatlarning salmogʻini keskin ortib ketishiga sabab
boʻlmoqda.
Shu boisdan ushbu jinoyatlarni oldini olishda,
-birinchidan, plastik karta raqamlarini oshkor qilmaslik,
-ikkinchidan, telefon orqali aloqaga chiqqan har qanday shaxsning soʻziga
ishonmaslik lozim boʻladi.
Yoʻl-transport hodisalari boʻyicha:
Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash masalasi ham muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
Tuman hududida oʻtgan yoʻllar uzunligi 1.121 km. boʻlib, shundan 105 km.
mahalliy ahamiyatga ega, 107 km. davlat ahamiyatga ega va 909 km. ichki
xoʻjalik yoʻllarini tashkil etadi.
Yoʻllarda 10 ta tezlikni oʻlchaydigan radar va 5 ta qoida buzarliklarni
aniqlaydigan foto va video qayd etish kamerasi oʻrnatilgan.
Joriy yilda 15 ta yoʻl-transport hodisalari sodir
etilib, ularning barchasi tan-jarohati bilan yakunlangan.
Yoʻl-transport hodisalari 1,6 foizga yoki (14/15 -1 ta) koʻpaygan
boʻlsada, lekin bolalar bilan bogʻliq
holatlar teng xolatda (3/3 ta) saqlanib qolgan.
Ayrim haydovchilar yoʻl harakati qoidalariga amal qilmasliklari,
mensimasdan transport vositalarini boshqarishlari, ayrim hollarda esa
ota-onalarning oʻzlari voyaga yetmagan farzandlariga transport vositasini
boshqarishlariga imkon berayotganliklari ogʻir oqibatli yoʻl-transport
hodisalarini keltirib chiqarmoqda.
Eng achinarlisi, ayrim fuqarolar moddiy manfaat evaziga voyaga yetmagan
maktab oʻquvchilariga oʻzlarining transport vositalarini boshqarish uchun
ijaraga berishlari oqibatida mudhish hodisalar kelib chiqmoqda.
Yuqoridagi holatlarni oldini olish borasida YHXB tizimi hodimlari
tomonidan profilaktik tadbirlar keng olib borilishi taʼminlanmoqda.
Voyaga yetmaganlar boʻyicha:
Bugungi kunda, tumandagi
-60 ta maktablarda 44.488 nafar,
-4 ta texnikumlarda 2.668 nafar,
-2 ta litseylarda 695 nafar jami 47.851 nafar oʻquvchilar taʼlim
olmoqdalar.
Voyaga yetmaganlarni barkamol inson boʻlib tarbiyalanishlari, davlatimiz
siyosatining eng muxim ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Taʼlim muassalari bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Lekin, olib borilayotgan ishlar samaradorligi yetarli darajada
boʻlmaganligi bois, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga
yoʻl qoʻyib kelinmoqda.
Jumladan:
3 oy mobaynida voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyati (3/2 -1 ta)
kamaygan boʻlsada,
Aksariyat oʻquvchilar oʻzlari bilan birga tigʻli jismlarni olib yurishni odat
qilib olganlar.
Oʻtkazilgan tadbirlar davomida oʻquvchilardan 10 dona oʻtkir tigʻli
buyumlar olingan.
Oʻquvchilarni nazorat qilinmasligi oqibatida dars mashgʻulotlariga
qatnashmaslik holatlariga yoʻl qoʻyib kelinayotganligi “Davomat” tadbirlarida
maʼlum boʻlgan.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari,
Hurmatli Prezidentimizning 2025-yil 18-mart kungi “Ichki ishlar
organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi
faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-110-son qarorlari qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan taʼlim muassasalarida oʻquvchilar bilan “Maktab –
mahalla – oila” tamoyili asosida ishlash tizimi joriy etildi,
oʻquvchilar oʻrtasida qonunbuzilish va boshqa koʻrinishdagi hulq ogʻishlariga
qarshi immunitetni shakllantirish, psixologik ishlash mexanizmlarini yoʻlga
qoʻyish, oʻquvchilarda Vatanga sadoqat hissini shakllantirish, maktablarda
doimiy ravishda davomatni tekshirish, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish kabi
vazifalar yuklatildi.
Aziz tumanimiz ahli,
Voyaga yetmagan farzandlarimizning maʼnaviy- maʼrifiy saviyasini oshirish,
bilim olishlari uchun munosib sharoit yaratish, vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalarini
birgalikda amalga oshirib, manzilli ishlarni tashkil etsak, oldimizga qoʻygan
maqsadimizga erishamiz.
Yoshlar boʻyicha:
Xabaringiz bor, oʻtgan davr mobaynida Prezidentimiz tomonlaridan doimiy
ravishda yoshlarga katta eʼtibor qaratilib, ularni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashda barchamizning oldimizga katta masʼuliyatni yuklamoqdalar.
Bugungi kunda tumanimiz aholisining 24 foizi yoki
59.418 nafarini yoshlar tashkil qiladi.
Joriy yilda yoshlar tomonidan 9 ta jinoyatlar sodir etilgan.
Ushbu jinoyatlarning 1 nafari oliy oʻquv yurtlar talabalarini tashkil
etishi ham tashvishli holdir.
Yoshlar tomonidan,
-1 ta tovlamachilik,
-3 ta oʻgʻirlik,
-5 ta yoʻl transport hodisasi jinoyatlarga qoʻl urganlar.
Yoshlar, kelajak poydevori tushunchasi bilan qarab, ularning ezgu niyat va
orzularini roʻyobga chiqarishga barchamiz masʼul ekanligmizni unutmasligimiz
zarur.
Ayollar jinoyati boʻyicha:
3 oy mobaynida xotin-qizlar tomonidan (6/6) teng xolatda jinoyatlar sodir
etilgan.
Sodir etilgan 6 ta jinoyatlarda 6 nafar ayollar ishtirok etgan. Ular
tomonidan
-1 ta oʻgʻirlik,
-1 ta yoʻl transport xodisasi,
-4 ta qoʻshmachilik, ham tashvishlidir.
Tazyiq va zoʻravonlik:
Soʻngi yillarda xotin-qizlarning faolligini oshirish, gender tengligini
taʼminlash, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish borasida keng koʻlamli
ishlar amalga oshirilmoqda.
Albatta, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish borasida
asosiy masʼuliyatni ichki ishlar organlar oʻz zimmasiga olgan.
Bugungi kunda tumanda tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 109 nafar xotin-qizlarga
himoya orderi berilib, nazoratga olindi.
Tazyiq va zoʻravonliklar,
-98 ta oilada,
-3 ta koʻchalarda,
-8 ta boshqa joylarda sodir etilgan.
Tazyiq va zoʻravonlik natijasida oilaviy (maishiy) zoʻravonlik jinoyati
sodir etilmagan.
Bular shuni anglatadiki, ayrim oilalarda hali ham maʼnaviy ruhiy muhit
nosogʻlomligicha qolmoqda.
Shuni inobatga olib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nizoli oilalarni
yana bir bor oʻrganib chiqib, ularning muammolarini manzilli hal etish
choralarini koʻrishimiz lozim boʻladi.
Bunda albatta, mahalla masʼullari bilan birgalikda mahallalardagi nuroniy
otaxon va onaxonlar oila-qadriyati tushunchasini barcha yoshlarga singdirish
borasida muhim rol oʻynashlari kerak.
Aziz tumanimiz fuqarolari,
Toʻraqoʻrgʻon tumani xududida barchamiz jinoyat sodir etilgandan keyin
emas, uni avvaldan oldini olishga alohida eʼtibor qarataylik.
Bugungi kunda tumanimizdagi barcha mahallalarda profilaktika inspektorlari
bevosita mahalla yettiligi bilan birgalikda kunu-tun xizmat olib bormoqdalar.
Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatlarni barvaqt
oldini olish masalasi faqatgina davlat idoralarining vazifasi emas, balki butun
jamiyatning vazifasi deb qarab, bu masalalarga eʼtiborlik boʻlsak, tuman
hududida jamoat xafsizligi ishonchli taʼminlanib, mahallalarda havfsiz muhit
yaratiladi, bu bilan oldimizga qoʻyilgan maqsadga erishamiz, xalqimiz bizdan
rozi boʻladi.
Toʻraqoʻrgʻon tumani IIB boshligʻi J.Xusaynov