26 Avgust 2021 yil
361
Toshkentlik qidiruvdagi shaxs Namangan IIB xodimlari tomonidan Andijon viloyatida ushlandi.
2021 yil 25 avgust kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 267-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Toshkent shahrida yashovchi, 2020 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaroni Namangan viloyat IIB JQB O‘MIB tezkor vakillari va Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan Andijon viloyati Xo‘jabod tumani hududidan ushlanib, Namangan viloyat IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati