9 Oktyabr 2021 yil 775

To‘qnashuvda yo‘lovchi vafot etdi

2021 yil 8 oktyabr' kuni soat 15:00 larda, R-263 Uychi aylanma yo‘lining 7 km. da, Uychi tumani Oqtosh MFY hududida, Uychi tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2007 yilda tug‘ilgan bola birga yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan otasini nomida bo‘lgan Neksiya rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Chortoq tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaroning boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, Matiz rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro voqea joyida vafot etgan. Matiz va Neksiya avtomashinasi xaydovchilari hamda Neksiya rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Uychi tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqarolar miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 8 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech