To‘qnashuv yo‘lovchining o‘limiga sabab bo‘ldi
2021 yil 1 dekabr' kuni soat 02:00 larda, Go‘zal MFY Go‘zal ko‘chasida, Namangan shahrida yashagan, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya-2 rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlar bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘l chetida to‘xtab turgan, Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli MAN rusumli avtomashinasini orqa tomoniga urilgan.
Natijada, Neksiya rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Namangan shahrida yashagan, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan va Neksiya rusumli avtomashina haydovchisi qo‘shma shikast, o‘ng oyoq boldir va chap oyoq son suyagini sinishi tashxisi bilan RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati