16 Oktyabr 2020 yil 523

Tilla zanjirni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.

2020 yil 14 oktyabr' kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 13 oktyabr' kuni soat 10:00 dan soat 13:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, yashash uyi eshik qulfini buzish yo‘li orqali kirib, xonadonidagi shkaf ichida bo‘lgan narxi 3.500.000 so‘mlik tilla zanjirini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB katta surishtiruvchisi va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan va Namangan shahrida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 14 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech