16 Iyul 2025 yil
432
Tergovdan yashiringan hibsxonaga joylashtirildi
Joriy yilning 30-iyun kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahar, “Quvonch” mahallasida yashagan, 1998-yilda tug‘ilgan, fuqaro O.M Namangan shahar IIB xodimlari tomonidan Namangan shahrining Uychi ko‘chasi hududidan ushlanib, viloyat IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati