7 Avgust 2025 yil
98
Tergovdan yashiringan shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi
Joriy yilning 24-iyul kuni viloyat hududida o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari natijasida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi va 168-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Pop tumani “Uyg‘ur” mahallasida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan M.M viloyat IIB xodimlari tomonidan Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hududida ushlanib, tuman IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati