Telefonni talonchilik yo‘li bilan o‘g‘irlagan talabaga qonuniy chora ko‘rildi.
Joriy yil 28 may kuni, Pop tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 18:30 larda, Pop shahar Mustaqillik MFY hududidagi istirohat bog‘ida ketayotgan vaqtida notanish shaxs, uni to‘xtatib qo‘lidan narxi 800.000 so‘mlik “LG X4+” rusumli uyali telefon apparatini olib qo‘yib, voqea joyidan ketib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop shahrida yashovchi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport universitetining 1-bosqich talabasi, 2002 yilda tug‘ilgan yigit sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati