19 Oktyabr 2020 yil 440

Telefon o‘g‘risining kimligi ma'lum bo‘ldi.

Joriy yil 10 oktyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 23:00 larda, yashash xonadoniga kirib ketayotgan vaqtida, 1 nafar notanish shaxs uni yuziga bir marotaba qo‘li bilan urib, qo‘lida bo‘lgan bir dona narxi 1.500.000 so‘mlik “Samsung-A10S” rusumli telefon apparatini olib, voqea joyidan qochib ketganligini ma'lum qilgan va chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB TB tergovchisi va JQB tezkor vakillar tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv hamda surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 15 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech