6 Yanvar 2023 yil 810

Taʼtildagi tadbirlar

To‘raqo‘rg‘on tumani xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli umumtaʼlim maktablarida qishki taʼtil davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, fan, sport hamda ijodiy turdagi to‘garaklarni tashkil etish, turli muzeylar, kutubxonalarga sayohatlar, maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari uyushtirish kabilar hisoblanadi.

Tumandagi umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari bilan tuman markazida joylashgan “Isʼhoqxon to‘ra Ibrat” muzeyi va shu nomda tashkil etilgan bog‘ga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida muzey xodimlari tomonidan muzeyni tashkil etilish jarayonlari hamda Isʼhoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat maʼrifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o‘zbek matbaachilaridan bo‘lganligi va uning hayot faoliyati to‘g‘risida maʼlumot berildi.

O‘quvchilar uchun “Axsikent” arxeologiya yodgorligi muzeyiga ham sayohat uyushtirildi va bu yerdagi topilmalar va yodgorliklar bilan tanishtirildilar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech