13 Aprel 2021 yil
383
Tanishining telefonini o‘g‘irlagan yigit ushlandi.
Joriy 9 aprel' kuni, Namangan shahrida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:00 larda, Namangan tumani Ravnaq MFY hududida joylashgan beton ariq chetiga qarovsiz qoldirgan narxi 2.000.000 so‘mlik
“Samsung-A40” rusumli uyali telefon apparatini tanishi o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan tuman IIB TEQKB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati