15 Aprel 2022 yil
423
Tan jarohati olgan yo‘lovchilar shifoxonaga yotqizildi.
2022 yil 11 mart kuni soat 05:30 larda, A-373-Toshkent-O‘sh yo‘lining 232 km.da, Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida Andijon viloyatida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobalt rusumli avtomashinani tegishli hujjatlar orqali boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yo‘lning o‘rta qismiga o‘rnatilgan temir to‘siqqa urilgan. Natijada, avtomashina salonida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 14 aprel kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati