15 May 2025 yil
352
Taqinchoqlar o‘g‘risi fosh etildi
Joriy yilning 7 may kuni Chust tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida, shu yil 27 aprel kuni, Chust tumani, “Yuqori Karnon” mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan, fuqaro T.O‘ning Chust tumani, “Pansada” mahallasida joylashgan “Dexqon bozori” orqa tomonidagi savdo rastasida narxi 4.000.000 so‘mlik tilla-taqinchog‘ini o‘g‘irlab ketgan shaxs, Chust tumani, “Qoraqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan, fuqaro O‘.M ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati