10 Oktyabr 2020 yil 553

Sumka o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi.

2020 yil 9 oktyabr' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 08:30 larda, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi savdo do‘konlarini aylanib yurgan vaqtida noma'lum shaxs, qo‘lidagi sumkasidan 250.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan va Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 9 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech