24 Iyul 2021 yil 570

Soxta MIB xodimlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

2021 yil 14 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 28 iyun' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan va Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan hamda birga yashovchi ukasi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqarolar oldindan jinoiy til biriktirib, uni ishonchiga kirib, o‘zlarini majburiy ijro bo‘limi hodimi sifatida tanishtirib, undan aliment qarzdorligi deb, narxi 10.000.000 so‘mlik bir bosh molini firibgarlik yo‘li bilan olib ketganliklarini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech