Shkafdagi 6 million so‘m pullarni o‘margan shaxs ushlandi.
2021 yil 23 avgust kuni, Norin tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 22 avgust kuni soat 05:00 dan soat 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, ochiq qolgan eshigi orqali kirib, xonadonida bo‘lgan shkafdagi 6.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Norin tuman IIB JQB tezkor vakili, HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati