Shantaj yo‘li bilan 20 million so‘mga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan shaxslar IIB xodimlari tomonidan tuzoqqa tushirildi.
Joriy yil 13 aprel' kuni, Yangikurgonda yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 8 aprel' kuni Chortoq tumanida yashovchi “R” va “U” ismli tanishlari shu yil 8 aprel' kuni yashash xonadoniga kelib, birgalikda spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast bo‘lib qolganligidan foydalanib, egnidagi barcha kiyimlarini yechib sharmanda qilish maqsadida kiyimsiz holda telefonlariga video tasvirga olib, uyida saqlab kelayotgan quritilgan ukrop va oshko‘klarni giyohvand moddalari deb, video tasvirga olib, hozirgi kunda ushbu video tasvirlarni internet tarmog‘i orqali tarqatib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, 20.000.000 so‘m pul talab qilayotganliklarini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Fuqaroning arizasida ko‘rsatilgan holatlarni tekshirish maqsadida, viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan shahar Xamroh ko‘chasida arizada nomi keltirilgan shaxslar fuqarodan maxsus kimyoviy ishlov berilgan 20.000.000 so‘m pullarni olgan vaqtlarida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 aprel' kuni
O‘z.R JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati