12 May 2025 yil 147

Savdogar niqobidagi kiberfiribgarning faoliyatiga chek qo‘yildi

Joriy yilning 6 may kuni viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi va Yangiqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, shu yil 9 yanvar kuni, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Barkamol” mahallasida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan, fuqaro M.Sga ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn kiyim savdosi bilan shug‘ullanishini, kiyim-kechak sotib olish uchun 150.000 so‘m pul tashlab berishini aytib, pullarni o‘tkazishga erishib, vaʼda qilingan kiyimlarni yetkazib bermagan shaxs, Toshkent shahri, Uchtepa tumani yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan, fuqaro Q.I. ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech