Sandiqdagi 65 ming AQSh dollari g‘oyib bo‘ldi
2021 yil 13 noyabr kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1954 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil avgust oyidan noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, yashash uyi yotoqxonasidagi sandiqda bo‘lgan 65.000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 7-sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan nabirasi sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati