8 May 2021 yil
385
Rossiyadan topilgan qidiruvdagi shaxs hibsxonaga joylashtirildi.
Joriy yil 5 may kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 277-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 2018 yilda O‘z.R JKning 277-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaroni viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan yuborilgan qidiruv topshirig‘iga asosan, Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridan ushlanib, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi rozilik xati va Minsk konvensiyasiga asosan Sank-Peterburg shahridan etab qilinib, Namangan viloyat IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati