5 May 2025 yil 322

O‘g‘rining qilmishlari fosh etildi

Joriy yilning 1 may kuni To‘raqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, shu yil 21 aprel kuni, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Kalvak” mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan, fuqaro M.Ining yashash uyidan narxi 1.600.000 so‘mlik velosiped va narxi 600.000 so‘mlik 6 dona tovuqlarini o‘g‘irlab ketgan shaxs, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan, fuqaro X.A ekanligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech