2 Avgust 2025 yil
347
O‘g‘rilikda ayblangan shaxs qidiruvdan ushlandi
Joriy yilning 18-iyul kuni kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, Namangan shahar IIB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahar “Bahor” mahallasida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan T.D. Namangan shahridagi "Jahon bozori" hududidan ushlanib, viloyat IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati