14 May 2022 yil 525

“Qoradori-2022” tadbiri davomida taqiqlangan ekinlarni yetishtirish holati aniqlandi.

2022 yil 10 may kuni “Qoradori-2022” tadbiri davomida, Norin tuman IIB HPB profilaktika inspektori I.Nozimov tomonidan taqiqlangan ekinlarni yetishtirish holati aniqlandi.

- Norin tumani Tegirmonboshi MFYda yashovchi 1959 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi ekinlar orasida 57 tup ko‘knori o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasida, ushbu o‘simliklar tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Ko‘knor” o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB TB tomonidan 2022 yil 13 may kuni O‘z.R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech