2 Dekabr 2020 yil
464
Qonundan qochgan shaxslar qo‘lga olindi
Shu yil 28 noyabr' kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan fuqaroni To‘raqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumani Go‘zalobod MFY hududidagi adirlikdan ushlanib, Namangan shahar IIB VSHga joylashtirilgan.
29 noyabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida O‘z.R JKning 46-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan fuqaroni viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 2-otryad xodimlari hamda tuman IIB JQB tezkor vakili, Probasiya guruhi inspektorlari tomonidan Namangan shahar Chorsu mahallasi hududidan ushlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati