28 Oktyabr 2020 yil 11128

“Qo‘li sinmagan” fuqaro bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy munosabat.

Joriy yilning 27 oktyabr' kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan viloyati Pop tumanidagi tadbirkorni urgan va qo‘lini sindirgan IIB xodimlariga jazo bormi?” nomi ostida tarqatilgan videotasvirlar internet foydalanuvchilarining muhokamalariga sabab bo‘lmoqda. Namangan viloyati IIBning ushbu holat yuzasidan rasmiy ma'lumoti quyidagicha:

Pop tumani IIB 7-sonli IIB XPG profilaktika inspektori 2020 yilning 27 oktyabr' kuni soat 14:00larda, o‘ziga biriktirilgan Pop tumani Qo‘shminor MFYda joylashgan, Pop tumanida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan ayolga tuman xokimligi tomonidan tadbirkorlik qilish uchun ajratilib berilgan yer maydoniga Qo‘shminor MFY raisi hamda tuman yer kadastir bo‘lim mutaxassislari bilan birgalikda ayol arizasi yuzasidan o‘rganish davrida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash uchun borilgan vaqtda, Pop tumani G‘urumsaroy MFYda yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zboshimchalik bilan xech kimdan so‘ramay yerni egallab olib, texnikalarni yer ichiga olib kirib ishlatyotganligi aniqlangan. Fuqaroga bu harakatlari qonunga to‘g‘ri kelmasligini, nizoli holatni oldini olish maqsadida faollar tomonidan dalolatnoma tuzib vaqtincha qurilish texnikalarini to‘xtatib turishlik to‘g‘risida tushintirilgan vaqtida, fuqaro ko‘pchilik oldida arizachi ayolni uyatli so‘zlar bilan so‘kib, haqorat qilib kamsitganligi, shundan so‘ng fuqaroni tinchlantirish uchun XPB profilaktika inspektori tomonidan tartibga chaqirilgan vaqtida fuqaro IIB xodimiga ham faol qarshilik ko‘rsatib, uning qonuniy talablariga bo‘ysunmay davom etganligi uchun uni yaqin IIO tayanch punktiga olib borish maqsadida chap qo‘l bilak soxasiga qo‘l kishani solinib olib ketilayotganda fuqaro "Meni shifoxonaga olib boringlar" degan, shundan so‘ng Pop tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va sodir etilgan huquqbuzarlik xolati yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Fuqaro Pop tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilib, Pop tuman IIB 7-son IIB XPG TP katta inspektori tomonidan unga nisbatan tan jaroxati yetkazganligini bayon qilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi Pop tumani bo‘limining 27.09.2020 yildagi dastlabki ma'lumotnomasida esa fuqaroning jaroxati-chap bilak yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi va shlingan jaroxatlar aniqlanganligi ko‘rsatilgan.

Ushbu xolat bo‘yicha tuman prokuraturasiga xabar berilib, xozirda prokuratura tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech