1 May 2023 yil
516
Qidiruvdagi shaxs VSHga joylashtirildi.
2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Norin tumani Nurziyo MFY Yuksalish ko‘chasida yashagan, muqaddam sudlangan shaxs Namangan viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Farg‘ona shahar hududidan ushlanib, Norin tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.
Unga nisbatan tuman IIB tomonidan 2022 yil 21 fevral kuni yuritilgan qidiruv yig‘ma jildi harakatdan to‘xtatilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati