Qidiruvdagi shaxslar ushlandi.
2020 yil 9 noyabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Toshkent viloyatida yashagan, 2017 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro viloyat IIB TQKB va shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan Toshkent viloyati Angren shahar hududidan ushlanib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.
2020 yil 9 noyabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 46-moddasi bilan qidiruvda bo‘lgan, Pop tumanida yashagan, 2011 yilda O‘z.R JKning 223-moddasi va 135-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaroni viloyat IIB TEQKB tezkor vakillari, tuman IIB Probasiya guruxi katta inspektorlari tomonidan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Yangihayot mahallasi hududidan ushlanib, Pop tumani IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati