29 May 2021 yil 458

Qidiruvdagi shaxs Sankt-Peterburg shahridan ushlandi.

Shu yil 23 may kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi va 276-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan yuborilgan qidiruv topshirig‘iga asosan, Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridan ushlanib, Rossiya Federatsiyasi Bosh Prokuraturasining rozilik xati va Minsk konvensiyasiga asosan Sankt-Peterburg shahridan etap qilinib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech