8 Oktyabr 2021 yil
369
Qidiruvdagi shaxs Namangan xalqaro aeroportida ushlandi.
2021 yil 7 oktyabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2016 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaroni Uchqo‘rg‘on tuman IIB JQB boshlig‘i va tezkor vakillari tomonidan Namangan xalqaro aeroportidan ushlanib, tuman IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati