18 May 2021 yil 399

Qidiruvdagi shaxs Namangan shahridagi “Do‘stlik” mahallasidan ushlandi.

Joriy yil 16 may kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida O‘z.R JKning 228-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Chust tumanida yashagan, 1959 yilda tug‘ilgan fuqaroni viloyat IIB JQB katta tezkor vakili va Chust tuman IIB JQB katta tezkor vakillari tomonidan Namangan shahar Do‘stlik mahallasidan ushlangan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech