4 Oktyabr 2021 yil
352
Qidiruvdagi shaxs Krasnodar viloyatida qo‘lga olindi.
2021 yil 30 sentyabr kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 164-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashagan, 2016 yilda O‘z.R JKning 166-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaroni Namangan viloyati IIB JQB O‘MIB tezkor vakili tomonidan yuborilgan qidiruv topshirig‘iga asosan, Rossiya Federatsiyasi Krasnodar viloyatidan ushlanib, Rossiya Federatsiyasi Bosh Prokuraturasining rozilik xati va Minsk konvensiyasiga asosan Moskva shahridan etap qilinib, Namangan viloyati IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati