12 Avgust 2023 yil 236

Qidiruvdagi shaxs Andijondan topildi

2023-yil 5-avgust kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Andijon shahrida yashagan, 2018-yilda JKning 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1982-yilda tug‘ilgan fuqaro Norin tuman IIB TQX JQB tezkor vakili va Chust tuman IIB MvaFRB boshlig‘i tomonidan Andijon shahar Taxtako‘prik mahallasi hududidan ushlanib, Qo‘rg‘ontepa tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech