5 May 2025 yil
348
Qidiruvdagi shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi
Joriy yilning 1 may kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib qidiruvda bo‘lgan, Davlatobod tumani, “Quyi G‘irvon” mahallasida yashovchi, fuqaro A.S Davlatobod tumani IIB xodimlari tomonidan Toshkent shahar Yunusobod tumani hududidan ushlanib, viloyat IIB VSʼHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati