7 Noyabr 2020 yil 559

“Qidiruv” tadbirlari natijasi.

2020 yil 6 noyabr' kuni o‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 2008 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi va 169-moddasi 3-qismlari bilan sudlangan, qidiruvdagi shaxs viloyat IIB TQHB xodimlari, shahar IIO FMB JQB tezkor vakili va TEQKB tezkor vakillari tomonidan Jizzax viloyati Zomin tumani Dashobod mahallasidan ushlanib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.

Shu kuni o‘tkazilgan yana bir “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 277-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov idoralaridan yashirinib yurgan shaxs O‘z.R IIV JQBB, Namangan viloyati IIB JQB va Norin tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Toshkent viloyati Toshkent tumanidan ushlanib, Norin tumani IIB VSHga joylashtirilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech