Qarovsiz qoldirilgan avtomashinadan pul va buyumlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.
2022 yil 12 may kuni, Namangan shahar Diyor MFYda yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Ariza muallifi shu kuni soat 14:00 larda, yashash uyi oldida Spark rusumli avtomashinasini qarovsiz qoldirganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, avtomashina old oynasini ochiq qolganligidan foydalanib, salonida bo‘lgan 2.000.000 so‘m pul, narxi 800.000 so‘mlik “LG” rusumli uyali telefon apparati va 1 dona 64 GB hajmli fleshkasini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB HPB profilaktika inspektori J.Mo‘ydinov tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Yangi Namangan tumani Yoshlik MFYda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan 2022 yil 13 may kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati