31 Oktyabr 2020 yil 462

Qarovsiz qoldirilgan avtomashina tunab ketildi.

Shu yil 28 oktyabr kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi tadbirkor ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 18:00 larda, Mingbuloq tumani Kichik Jomashuy MFYda joylashgan “Vodiy” nomli oshxona oldida jiyaniga tegishli VAZ-2106 rusumli avtomashinasi eshigi ochiq qolganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashinasidan umumiy narxi 2.000.000 so‘mlik kiyim-kechaklarni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro sodir etgani aniqlanib ulardan daliliy ashyolar olingan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech