11 Fevral 2022 yil 442

Qarovsiz qoldirilgan avtomashina g‘oyib bo‘ldi

2022 yil 6 fevral kuni, Norin tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 20:00 larda, ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvida bo‘lgan VAZ-2106 rusumli avtomashinasini Norin tumanida yo‘lning chap tomoniga to‘xtab, eshiklarini ochiq holda qarovsiz qoldirib, savdo do‘koniga kirib ketib, qaytib chiqib qaragan vaqtida, avtomashina joyida yo‘qligini ko‘rib, noma'lum shaxs avtomashinasini olib qochib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, avtomashina voqea joyidan texnik soz holatda oldi qismi Haqqulobod yo‘nalishiga qaragan holda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakarlari natijasida, ushbu jinoyatni, 1995 yilda tug‘ilgan mahalladoshi egasining ruxsatisiz, xazillashmoqchi bo‘lib, avtomashinani boshqarganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 7 fevral kuni O‘z.R JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech