18 Sentyabr 2021 yil
331
Qarovsiz qoldirilgan 3 bosh qora mol o‘g‘irlandi.
2021 yil 11 sentyabr' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1955 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Pop tumani hududidagi yer maydonida qoldirgan 6 bosh mollaridan umumiy narxi 21.000.000 so‘mlik 3 boshini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Pop tuman IIB TEQKB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, 2 nafar fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati