Pop tuman prokurori ва tuman IIB boshligʻining murojaati
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz axolisi!
Muhtaram
Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarliklarida barcha sohalarda
misli koʻrilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda
yuz berayotgan shiddatli oʻzgarishlarga, aholining turmush darajasi keskin
oʻsib borayotganiga har birimiz birdek guvoh ham boʻlmoqdamiz. Prezidentimiz ana shu
yangilanish, oʻzgarishlar samarador boʻlishining kafolati sifatida mamlakatda
tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi
kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor
yoʻnalishlaridan biri darajasiga koʻtardilar.
Zero,
bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga soʻzsiz rioya
etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bogʻliqdir.
Aziz Pop ahli!
Oʻzbek
vatandoshimizmi, chet ellik tadbirkor, sarmoyador boʻladimi,
barcha - barcha, viloyatimizda xususan tumanimizda tinch va osuda, munosib hayot sharoitlari bilan taminlangan, uning
hayoti har qanday jinoiy tajovuz va tahdidlardan kafolatli himoyalangan
boʻlishi shart.
Qonun ustuvorligini taʼminlamasdan,
bu vazifaga erishib boʻlmaydi.
“Yangi Oʻzbekiston”da huquqbuzarlik
va jinoyatchilikka qarshi kurashish ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga
aylantirildi.
Tumandagi kriminogen vaziyat biznes
muhitiga katta tasir koʻrsatadi, uning oʻziga xos, alohida yondashuv talab
etadigan xususiyatlari bor.
Tumanimizda tinchlik va
osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari joriy etilayapti.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham
koʻrinayapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik
muhim boʻlsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish
ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning 77 maxallasidagi
har bir koʻchasida, mahallasida, bozorida, istirohat bogʻida, jamoat joyida
xavfsiz muhitni yaratish choralari koʻrilayapti.
Qadrli
yurtdoshlar !
Oʻzlaringga maʼlumki tumanimizdagi
Chodak, Chorkesar, Qoʻshminor va boshqa
mahalla xududlariga viloyatimiz hamda
respublikamizni boshqa mintaqlaridan yoz mavsumida dam oluvchilar oqimi
yildan-yilga koʻpaymoqda, bu holat tumanimizning “Tashrif qogʻozi”ga aylanib
ulgurdi.
Tumanimizda barcha soxada olib borilayotgan
samarali ishlar natijasida investitsiya muxiti rang barangligi oshmoqda va
investorlar qiziqishini oshirmoqda.
Oʻtgan yilgi dam olish mavsumida
tumanimiz xududiga 10 dan ortiq davlatlar va Respublikamizning turli
viloyatlaridan 1 mln.dan oshiq sayyohlar tashrif buyurganini koʻrishimiz
mumkin.
Bu xizmat koʻrsatish sohalarini
takomillashishiga va shu orqali tumanimiz byudjetiga tushayotgan mablagʻlarni
oshishiga olib kelmoqda.
Aziz
vatandoshlar !
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek
katta maqsadlarni oʻz oldimizga qoʻyganmiz.
Prezidentimizning joriy yil 3 yanvardagi mahallalarda xavfsiz
muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi
samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan 1-sonli qarorlari asosida
jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi,
mahallalarni kriminogen darajasidan kelib chiqib toifalash tizimi, “mahalla
yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida
huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida
xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq har bir mahallada
huquqbuzarlikning erta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish
boʻyicha yangi mexanizm joriy etildi, mening rahbarligimda tuman prokuraturasida idoralararo
muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi 77
ta mahallaning kriminogen vaziyati ogʻir 10 tasiga masʼul rahbarlar nomma-nom
biriktirildi.
Barcha mahallalarning choraklik
manzilli chora-tadbirlar “yoʻl xaritalari” ishlab chiqildi.
“Yoʻl xaritalari” ijrosi yuzasidan
yil boshidan mahallalardagi aholi gavjum joylarga 200 ta, koʻp qavatli
uylarning hovlisiga 360 daraja aylanuvchi 10 ta, mahallalarning asosiy kirish-chiqish
joylariga 55 ta, bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib
oluvchi 9 ta, jami boʻlib 274 ga yaqin kameralar, koʻp qavatli uylarning
eshiklariga 60 dan ortiq domofonlar, uylarning kirish yoʻlaklariga 30 dan ortiq
tashvish tugmalari oʻrnatildi, 36 ta savdo muassasalari va qariyb 381 ta xonadonlar
tezkor qoʻriqlovga olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka
chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obyekt qoʻriqlovda!” hamda “Xonadon
qoʻriqlovda!” kabi jami 681 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 30
ta “namunaviy xavfsiz koʻcha” hamda 60 ta “namunaviy xavfsiz yoʻlak” tashkil
etildi, ichki yoʻllar va koʻchalar 175 ta yoritish vositalari bilan
taʼminlandi.
Misol uchun, yil boshidan beri
tumanda oʻrnatilgan kameralar yordamida qidiruvda yurgan 2 nafar, jazodan
boʻyin tovlab kelgan probatsiya hisobidagi 1 nafar jinoyatchilar. Shuningdek, bedarak yoʻqolgan 1 nafar
shaxslar topilib, 12 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida “qizil” toifada qolgan 10 ta mahallalarning 6
tasida kriminogen vaziyat saqlanmoqda.
Davlat rahbarining Qaroriga asosan
hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha kunlik soʻrov va oʻrganishlarni
yoʻlga qoʻydik.
Bunda, kriminogen vaziyati ogʻir
mahallalarning jinoyat oʻchoqlari joyida oʻrganilmoqda, misol uchun, tuman
mahallalarida sodir etilgan 24 ta oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar
sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror taʼsir choralari qoʻllanildi. Eʼtibor berishingizni istardim. Bu
ishlar bir kunlik yoki bir martalik hisobot uchun qilinayotgan ishlar emas.
Tuman maxallalarida sodir etilgan
jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 2 - chorak uchun yoʻl
xaritalarni ham ishlab chiqildi.
Tumanda jinoyatchilikni oldini olish,
korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish boʻyicha kuchaytirilgan ish
tartibini joriy etdik.
Bu borada farmoyish qabul qilib,
barcha tezkor xodim-larni 77ta mahallalarga nomma-nom biriktirdik.
Har bir sohaga doir targʻibot ishlari
boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar
ishlab chiqdik va
tarqatdik.
Endilikda, biriktirilgan xodimlarimiz
jinoyatlarning omil va sabablarini oʻrganishdan tashqari oʻsha hududda amaliy tadbirlarni
ham oʻtkazadi.
Biz endilikda muammoning tub
negizigacha yetib borib, “mahalla prokurori” degan yondashuv bilan ishlaymiz.
Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va
jinoyatlarning oldini olish boʻyicha dastlabki bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi, jinoyatchilikka qarshi
kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning oʻtgan 2-choragida 53
ta oʻrganishlar oʻtkazilib, 96 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Bu ishlar muntazam davom etadi.
Ikkinchi, huquqni muhofaza qiluvchi
organlar ham, aholi ham koʻproq eʼtibor berishi lozim boʻlgan hamkorlik
kuchaytirilishi kerak boʻlgan bir nechta jinoiy omillarga diqqat
qaratmoqchiman.
Shiddat bilan rivojlanayotgan
yurtimizda insonlar koʻproq pul topish bilan birga, noqonuniy boylik
orttirishning yangi yoʻllarini ham oʻylab topmoqdalar.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va
oʻgʻrilik jinoyati oshayotgani ham bunga yaqqol
misol boʻladi.
Firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlari
aksariyat hollarda axborot texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari
orqali sodir etilayotganligi tashvishli holdir.
Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston huquq idoralari ilgari duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmogʻi ortishi anchagina
tashkiliy choralar koʻrishni taqozo etdi.
Maʼlumot uchun, tumanimizdagi
jinoyatlarning 37 foizini axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tashkil
etmoqda. Misol uchun, joriy yilning oʻtgan davrida birgina plastik kartalardan
pul mablagʻlarini yechib olish holatlari yuzasidan 52 ta jinoyat ishi
qoʻzgʻatildi.
Oqibatda esa fuqarolarga 135 million.
soʻmga yaqin zarar yetkazilgani aniqlandi.
Kiber makonda sodir etilgan
jinoyatlarning 22 tasi yoki 33 foizi firibgarlik hamda 32 tasi yoki 68,2 foizi
oʻgʻrilikni tashkil qilgan.
Soʻnggi yillarda bu toifadagi
jinoyatlar, bir necha baravarga koʻpaydi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi
ishlaydigan tizim boʻlmagan. Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni
boʻlmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk
xabarlardan ehtiyot boʻlishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sir saqlashni soʻrab qolamiz.
Aziz
tumandoshlar!
Shu oʻrinda, kriminogen vaziyatga
taʼsir koʻrsatuvchi jinoyatlarning ayrim turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Aytish kerakki, yilning dastlabki 5
oyi yakuniga koʻra, Ayollar jinoyati (3-2) kamaytirishga erishgan boʻlsakda
yoshlar (75-63), muqaddam sudlanganlar (2-2) jinoyati deyarli teng
koʻrsatgichda qolgan, mast holda (0-1), ishsizlar (0-4), guruhlar (2-3), voyaga
yetmaganlar (1-3), yoshlar (8-19) jinoyatilari esa biroz oshgan.
Xususan, oila va turmushda sodir
etilgan huquqbuzar-liklarga oilaviy-maishiy muammolar asosiy sabab boʻlganligi
aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi
oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish boʻyicha boshqa idoralar va keng
jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada, oʻtkazilgan oʻrganishlarda
kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda 374 ta ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar
aniqlanib, ularning muammolarini hal qilish boʻyicha 332 ta choralar koʻrildi.
Bulardan tashqari, 271 nafar ishsizlardan
186 nafari ishga joylashtirildi, 36 nafari kasbga oʻqitildi, 18 nafari esa,
kasbga yoʻnaltirildi.
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan
va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham chetda qolmadi.
Ularning 3 nafari kasb-hunarga
oʻqitildi, 21 nafarining bandligi taʼminlandi, 12 nafarining ijtimoiy
muammolari hal etildi.
Yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilik
masalasiga umummillat ishi deb yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi
kerak.
Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash
bilan ovora boʻlib, jinoyatlarning sabab va omillarini koʻzdan qochirsak
oqibati yomon boʻladi.
Shu kabi, voyaga yetmaganlar
jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib, ularga taʼlim va tarbiyani
berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda yashash va oʻqish
joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi kuchaytirildi.
Taʼlim muassasalari va jamoat
joylarida masʼullar profilaktik (davomat, tigʻ va reyd) tadbirlarida uzoq muddatga
ketgan 38 nafar bolalar, muntazam dars qoldiruvchi 14 nafar, tarbiyasi ogʻir
108 nafar oʻquvchilar aniqlandi. Ularning 67 nafari maktablarga qaytarildi.
Qolaversa, hokimlik va mahalla
faollari bilan birgalikda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan hamda
boquvchisini yoʻqotgan bolalarning 35 ta muammosi hal qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlim
muassasalarining kirish-chiqish joylariga xavfsizlikni taʼminlovchi 35 ta
zamonaviy kameralar oʻrnatildi.
Tahdidlardan yana bittasi, bu yoʻl
voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalaridir.
Bu yoʻnalish bilan bogʻliq jinoyatlarni
biz kengroq tahlil qildik.
Raqamlarga qarasak, ohirgi ikki yilda
qariyb 1 ta holatda (2023-y. 1 ta, 2024-y. 0 ta, 2025-y. 0 ta) voyaga
yetmaganlar tomonidan yoʻl - transport hodisalari sodir etilgan.
Umuman olganda yoʻl-transport
hodisalari oqibatida oʻtgan 2024-yilning oʻzida voyaga yetmaganlarning 1 nafari
vafot etgan, 2 nafari esa ogʻir tan
jarohati olgan.
Joriy yilda esa, 2 nafari tan
jarohati olgan.
Shuning uchun biz bu borada
kengqamrovli tadbirlarni belgilab oldik.
Hurmatli
ota-onalar !
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aziz
farzandlaringizni majruh va nogiron boʻlib qolmasliklari uchun avvalo ularning
tarbiyasi va taʼlim olishiga alohida eʼtibor qaratishingizdan umidvormiz.
Hurmatli
fuqarolar !
Korrupsiyaga qarshi kurashni
kuchaytirish choralari ham koʻrilmoqda.
Zero, sir emas korrupsiya har bir
sohaning rivojiga toʻsiq boʻlmoqda.
Shu sababli, korrupsiyaning har
qanday koʻrinishiga barham berish yoʻlida qatʼiy murosasiz kayfiyatni
shakllantirish, unga qarshi kurashishda men butun tumanimiz axlidan oʻz
hissangizni qoʻshishga chaqiraman.
Barcha tashkilotlar boʻyicha
tahlillar oʻtkazilayapti, mana shu mart oyining oʻzida yuqori idoralarga,
aholiga xizmat koʻrsatish, idoralarning boshqaruv tartibini yaxshilash bilan
bogliq 10 dan ortiq takliflar ishlab chiqildi va yuborildi.
Hurmatli
fuqarolar!
Juda koʻp masalalarda ish
uslublarimiz oʻzgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz. Prezidentimiz talab
qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari
emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni
bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb
xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Buning uchun, har bir mahalla,
xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz,
jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar
oʻtkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab
boʻlayotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har
bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga
alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz
hamyurtlar !
Jinoyatlarga qarshi kurashda
prokuratura organlari, koʻmak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday
koʻrinishiga chek qoʻyishga kafolat beradi.
Shunday ekan aholi va keng
jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka
chaqiramiz.
Zero, sodir etilayotgan jinoyatlarni
fosh etilishi va oldi olinishida xalqimizdan masʼuliyat, tashabbuskorlik hamda
daxldorlik hissi bilan yondoshishni soʻrayman.
Shuni yana bir bor alohida qayd
etamanki, jinoyatning har qanday koʻrinishiga tezkor ravishda munosabat
bildirishga, jinoyatga qoʻl urganlarga nisbatan jazoning muqarrar taʼminlanishiga
kafolat beramiz.
Eʼtiboringiz
uchun rahmat!
Pop tuman prokurori X.Rapiqov va
tuman IIB boshligʻi O.Jabborov