10 May 2025 yil
159
Plastik kartdan pul mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 30 aprel kuni Kosonsoy tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, shu yil 24 mart kuni, Kosonsoy tumani, “Namuna” mahallasida yashovchi, fuqaro A.Kning plastik kartasidan 3.500.000 so‘m pul mablag‘ini yechib olgan shaxs, Namangan shahar, “To‘qmoq guzari” mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan, fuqaro M.R ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati