4 Avgust 2025 yil
226
Plastik kartadan pul yechib olgan firibgar aniqlandi
Joriy yilning 19-iyul kuni Uychi tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 26-aprel kunidan 8-may kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Uychi tumani “Shifokor” mahallasida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan J.N birga yashovchi onasi Sh.Nga tegishli bo‘lgan plastik kartasidan 5.953.000 so‘m pullarini yechib olgan shaxs, Toshkent shahar Shayxontoxur tumani “Beltepa” mahallasida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan S.D. ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati