3 Dekabr 2020 yil 560

Piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan Spark

2020 yil 2 dekabr' kuni soat 04:30 larda, Namangan shahar Yoshlik MFY “Mustaqillikning 10 yilligi” ko‘chasida, Uychi tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro, 1972 yilda tug‘ilgan birga yashovchi onasini nomida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan shahrida yashagan, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 2 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech