5 Avgust 2021 yil 373

Piyodaning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH

2021 yil 3 avgust kuni soat 22:30 larda, Namangan shahar Yuqori Rovuston MFY Intertola ko‘chasida, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-2103 rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashagan, 1959 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech