20 Aprel 2021 yil 478

Piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan “MAN” haydovchisi ushlandi.

Joriy yil 18 aprel' kuni soat 03:30 larda, Pop tumani Toshkent-O‘sh yo‘lining 284 km.da, Qo‘shminor MFY hududida, noma'lum avtomashina haydovchisi avtomashinasini Toshkent-Vodiy yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay piyodani  urib yuborgan, Natijada piyoda tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha viloyat hududida “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, Viloyat IIB JQB, YHXB va tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro MAN rusumli yuk avtomashinasini boshqarib borayotib, piyodani urib yuborib, uni hayotini xavf ostida qoldirib, hodisa joyidan ketib yuborganligi aniqlangan. Avtomashina jarima maydoniga tortilib, tegishli ko‘rgazmalar olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi va 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech