9 Avgust 2021 yil
381
Piyoda YTHda jarohat oldi.
2021 yil 26 iyul' kuni soat 14:00 larda, Nurobod MFY Qo‘qimboy ko‘chasida, Namangan shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan shahrida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, chap boldir suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 7 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati