7 Oktyabr 2021 yil 1073

Piyoda YTH sabab vafot etdi.

2021 yil 4 oktyabr' kuni soat 18:30 larda, Burilma-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 7 km.da, Uchqo‘rg‘on tumani O‘ljato‘pi MFY hududida, M-412 rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotgan haydovchi harakat vaqtida Uchqo‘rg‘on tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashagan, tumandagi maktabning 3-sinfida o‘qigan, 2010 yilda tug‘ilgan qiz yo‘lga chiqib yuborishi oqibatida xaydovchi harakat yo‘nalishini o‘zgartirib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Neksiya-2 rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, ikkala avtomashinalar orasida qolib ketgan piyoda og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech