31 Avgust 2021 yil 361

O‘zaro janjal jarohat bilan yakunlandi.

2021 yil 30 iyul' kuni soat 21:00 larda, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan O.A. qo‘shnisi, 1959 yilda tug‘ilgan B.N bilan nabiralarini haqorat qilganligi yuzasidan o‘zaro janjallashib, yashash uyida bo‘lgan boltaning orqa tomoni bilan yelka sohasiga bir marotaba urgan.

Natijada, B.N. bosh miya chayqalishi, peshona sohasida qontalash va chap yelka umrov suyagini sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 20 avgust kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech